FIFA JCh-2026 uchun qit’alarga nechtadan kvota beradi?

  • 10 yanvar, 2017, 17:12
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq JCh-2026da rasman 48 ta jamoa ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Tecno

FIFA Shimoliy Amerika qit’asida bo‘lib o‘tadigan mundialga Konfederatsiyalar uchun limitni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra tashkilot UEFAga (Evropa) 16ta, KAFga (Afrika) 9,5ta, OFKga (Osiyo) 8,5ta, KONMEBOLga (Janubiy Amerika)  6,5ta, KONKAKAF (Shimoliy Amerika) - 6,5ta hamda Okeaniya mintaqasiga 1ta o‘rin ajratadi.

Musobaqada qatnashuvchi 48ta terma jamoa 16ta guruhga 3tadan bo‘lingan holda o‘zaro kurash olib borishadi. Guruhda 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Bundan tashqari FIFA 2026 yilgi mundialning guruh bosqich uchrashuvlariga ham penaltilar seriyasini joriy etishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bahodir Jo‘rayev
24/05/2019 12:00
O‘zbekiston chiqadi aniq o‘sha yili inshoolloh !