Fabregas Madridga keladi
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, uning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum so‘nggida yakuniga etadi va katta ehtimol bilan kelishuv uzaytirilmaydi.
1 yanvardan e’tiboran esa ispaniyalik futbolchi xorijiy klublar bilan muzokara o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Madridning "Atletiko"si esa vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.
Ilgariroq unga "Milan" qiziqish bildirgani borasida xabarlar tarqalgan edi. Uning o‘zida esa "Chelsi"da qolish istagi yuqori.
"Chelsi"ga Mauritsio Sarri kelgach, Fabregas butunlay o‘yin amaliyotisiz qoldi. U joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.
Fikrlar