Fabregas baribir "Chelsi"dan ketadi

  • 26.09.2018 23:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas o‘z kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchi “aristokratlar” safidan qishda ketishga tayyor. Agarda uning ushbu rejasi amalga oshmagan taqdirda ham mavsum yakunlangach u istagan jamoasiga ketishi mumkin. Chunki, uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi aynan 2019 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Fabregas joriy mavsum etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U hozircha bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etdi holos.

Eslatib o‘tamiz, Fabregasga Italiyaning “Milan” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!