Fabregas uchun kurashga "Sevilya" ham qo‘shildi

  • 16 sentabr, 2018, 09:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi xavbeki Sesk Fabregas uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.

Tecno

Calciomercato nashrining xabar berishicha 31 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kurashga “Sevilya” ham qo‘shilgan. Eslatib o‘tish lozimki, ayni damda Fabregasga Italiyaning “Milan” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Fabregasning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va aftidan tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirishmoqchi emas. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida mutlaqo tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!