Fabregasga endi Ispaniyadan ham xaridor paydo bo‘ldi

  • 6 dekabr, 2018, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar davrida “Milan”ga o‘tishi aytilayotgan “Chelsi” yarim himoyachisi Sesk Fabregas uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.

Tecno

 GOL digital tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchini “Valensiya” klubi ham o‘z safida ko‘rmoqchi. “Ko‘rshapalaklar” Fabregasga asosiy tarkibdan joy bo‘shatish uchun xatto futbolchisi Ferran Torresni ijaraga berib yuborishga ham tayyor.

Aytish lozimki, Mauritsio Sarri “aristokratlar” boshqaruviga kelgach Seskda o‘yin amaliyoti keskin pasayib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fabregas mavsum yakuniga qadar "Chelsi"da qolmoqchi ekanligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!