Fakt! O‘zbekiston hech qachon Livanga mag‘lub bo‘lmagan

CHERY AUTO
Bu O‘zbekiston terma jamoasining Ektor Kuper qo‘lostidagi 5-uchrashuvi bo‘ladi. 

Shu paytga qadar o‘tkazilgan 4ta o‘yinda O‘zbekiston 1ta mag‘lubiyat, 1ta durang va 2ta g‘alaba qayd etdi.

O‘zbekiston - Livan uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Brisbendagi «CBUS Super Stadium» o‘yingohida boshlanadi. Uchrashuvni Shon Evans boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar boshqarishadi. Referi assistentlari - Natan Makdonald va Jorj Lakrindis. To‘rtinchi hakam - Jarred Gillet. 

Bugun O‘zbekiston oq rangli libosda harakat qilsa, raqiblarimiz qizil rangli libosda maydonga tushishadi.
 
Shu paytga qadar O‘zbekiston terma jamoasi Livanga qarshi 5ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 4tasida vakillarimiz g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 1ta o‘yin durang bilan tugagan.
 
2008 yil 6 fevral  Livan - O‘zbekiston 0:1  (JCh-2010 saralashi)
 
2008 yil 14 iyun O‘zbekiston - Livan 3:0    (JCh-2010 saralashi)
 
2012 yil 8 iyun   Livan - O‘zbekiston 1:1  (JCh-2014 saralashi)
 
2013 yil 26 mart  O‘zbekiston - Livan 1:0  (JCh-2014 saralashi)
 
2016 yil 14 fevral  Livan - O‘zbekiston 0:2  (O‘rtoqlik uchrashuvi).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!