Fakt: "Paxtakor" Olmaliqda 3 bor mag‘lub bo‘lgan
12 iyul kuni PEPSI Superliganing 14-turida "Paxtakor" Olmaliqda AGMK jamoasi mehmoni bo‘ladi. Klub matbuot xizmati esa ushbu o‘yin prevyusini taqdim etdi.
Mazkur uchrashuvda "Sherlar" safida asosiy tarkibning barcha futbolchilari maydonga tushish imkoniyatiga egalar. Jarohat olgan yoki diskvalifikatsiyaga uchragan o‘yinchilar mavjud emas.
Jamoalar chempionatlar tarixida o‘zaro 21 bellashuvda maydonga tushishgan. Ularning 15tasida "sherlar" g‘alaba qozongan. 2 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 4 bahsda AGMK zafar quchgan. "Paxtakor" 32 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, 13 marta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Olmaliqda o‘tgan bellashuvlarning 7 tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. 3 bor mezbonlarning qo‘li baland kelgan. Eng yirik g‘alaba esa 4:1 natijasi bilan ro‘y bergan.
AGMK va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 12 iyul, payshanba kuni 21:00da OKMK stadionida boshlanadi.

Fikrlar