
Fakt! "So‘g‘diyona" so‘nggi 5ta o‘yindan buyon Jizzaxda "Lokomotiv"ni enga olmayapti
Xabaringiz bor yangi hafta boshida Superliga jamoalari 18-tur uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Hususan ushbu tur Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida amaldagi chempion – “Lokomotiv”ni qabul qiladi.
E’tiborlisi, ushbu jamoalarning Jizzaxda o‘tgan so‘nggi 5ta o‘yin statistikasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, “So‘g‘diyona” biror marta ham “temiryo‘lchilar”ni enga olmagan. Faqatgina 2016 yil 1:1 hisobida durangga erishgan, qolgan 4ta bahsda esa mag‘lub bo‘lgan.
12.08.2017 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 0:4
10.04.2016 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 1:1
03.04.2015 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 1:3
23.08.2014 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 0:2
20.09.2013 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 1:4
Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” bahsi 24 iyul kuni Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 19:00da boshlanadi.
Fikrlar