Farhod Sobirov - Jahon chempionati kumush medali sohibi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikaning Anaxaym shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning bugungi kun dasturidan o‘rin olgan -94 kg vazn toifasidagi sportchilar bahsida hamyurtimiz Farhodbek Sobirov Jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Xususan, 20 yoshli 183 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan sportchimiz faqatgina o‘ziga nisbatan ancha tajribali bo‘lgan eronlik 29 yoshli Sohrab Moradiga 1 kg farq bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kuchli uchlikni esa litvalik 26 yoshli atlet Aurimas Diztsbalis 176 kg bilan yakunlab berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!