
Feguli APLdan Turkiya superligasiga ko‘chib o‘tadi
Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Sofian Feguli “Galatasaroy”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha turk klubi 27 yoshli jazoirlik futbolchining transferi uchun “bolg‘achilarga” 5 mln evro to‘laydi.
Londonliklarning bunday qarorga kelishlariga asosiy sabab jamoaga Jo Xart, Pablo Sabaleta, Xaver Ernandes va Marko Arnautovich kabi futbolchilarning taklif etilishi klub g‘aznasiga jiddiy zarar keltirgan. Shu bois ular Fegulini sotib, ushbu muammolarni hal etishga sarflashmoqchi.
Ta’kidlash lozimki, futbolchining o‘zi ham “Galatacharoy”ga o‘tayotganligini tasdiqlagan. Bu haqdagi rasmiy xabar esa bugun e’lon qilinadi.
Fikrlar