Fernando Lorente Premer-Ligadagi ilk golini kiritdi

  • 3 yanvar, 2018, 06:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 22-turida «Tottenxema» safarda «Suonsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

«Liberti Stedium»da o‘tkazilgan o‘yinning o‘n ikkinchi daqiqasida «Tottenxem»ning ispaniyalik hujumchisi Fernando Lorente hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 89-daqiqasida Dele Alli hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 32 yoshli Fernando Lorente Premer-liganing ushbu mavsumida 12 marotaba o‘yinga tushib, ilk goliga mualliflik qildi. Bugunga qadar Fernando faqatgina Chempionlar Ligasining APOELga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda gol urgan edi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!