
Tezkor: Shomurodov qaysi jamoani tanladi?
Mavsum yakunlanganidan beri Eldor Shomurodovning transferi haqida turli ma’lumotlar tarqatilmoqda va keyingi kunlarda bu holat yana kuchaydi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini yuqori saviyada o‘tkazib, “Roma”ning A Seriyada kuchli beshlikka kirishida va Evropa kuboklariga yo‘llanma olishida katta xizmat ko‘rsatgan o‘zbek futbolchisiga AQSh, Frantsiya, Turkiya va Italiyaning o‘zidan takliflar borligi aytildi.
Oxirgi pallada Shomurodov uchun kurashda A Seriya debyutanti “Kremoneze” Turkiyaning “Bashakshehir” va Frantsiyaning “Renn” klublarini ortda qoldirayotgani aytilgandi. Endi vaziyat yana o‘zgargani xabar qilindi.
Turkiyalik insayder Salim Manav nufuzli manba – Ajansspor agentliga “Bashakshehir” yangi hujumchi transferi masalasida “Roma” bilan kelishgani va Shomurodovning roziligini olganini ma’lum qildi.
- So‘nggi daqiqalarda transfer haqida ma’lumot olindi. Turkiya Superligasida ishtirok etayotgan “Bashakshehir” hujum chizig‘ini kuchaytirdi. Istanbul klubi “Roma”dan Eldor Shomurodovni olishni harakat qilayotgan edi.
Manbadan olingan xabarga ko‘ra, “Bashakshehir” va “Roma” o‘rtasidagi Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, klub 30 yoshli hujumchining o‘zini ham ko‘ndirgan, - deb yozdi ajansspor.com sayti jurnalisti Arif Jan Yildiz.
Italiya, xususan, Rim manbalarida ham Eldor Shomurodov “Roma”dan turk klubiga o‘tishi mumkinligi haqida axborotlar ko‘payib bormoqda.
- Eldor Shomurodov “Roma”ni butkul tark etib, Turkiyaga ko‘chib o‘tishga yaqin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Bashakshehir”, rimliklarni ham, o‘zbek hujumchisini ham transfer ko‘ndirgan.
Shunday qilib, muzokaralar yakuniy bosqichda va ijobiy hal bo‘lish arafasida. Bu Shomurodovning Italiya poytaxtidagi sarguzashtlari yakunlanayotganidan dalolat beradi, - deb yozmoqda laroma24.it sayti.
Ayrim ommaviy axborot vositalari “Roma” sport direktori Federiko Massara yangi bosh murabbiy Jan Pero Gasperiniga boshqa markaziy hujumchi topib berishga astoydil harakat qilishiga to‘g‘ri kelishi bildirdi.
- O‘zbek hujumchisi turk klubiga o‘tishiga bir qadam qoldi. Turkiyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Shomurodovga “Bashakshehir”ga qo‘shilishga juda yaqin turibdi. Istanbulliklar “Roma” va Shomurodovning roziligini olgan. Endi rimliklar Eldorning o‘rnini kim bilan to‘ldirish haqida bosh qotirishi kerak.
Temmi Abraxam “Beshiktosh”ga o‘tadigan bo‘ldi, Shomurodovning ham ketishi Federiko Massarani transfer bozoriga kirishga majbur qiladi. Chunki klubda faqatgina bitta markaziy hujumchi Artyom Dovbikning qolayotgani yangi forvard olishni talab etadi. Ayni paytda bir necha hujumchining nomi “Roma” bilan bog‘lanmoqda, - deb yozdi siamolaroma.it portali.
Ta’kidlash lozimki, transferlar oynasi davrida futbolchilarning bir klubdan boshqasiga o‘tayotgani haqida turli xabarlar ko‘p tarqatiladi. Ayrim vaziyatlar ular bir biriga zid keladi. Shu ma’noda, Eldor Shomurodovning “Roma”da qolishi yoki boshqa klubga o‘tishi haqidagi xabarlarni rasman tasdiqlanishini kutishimizga to‘g‘ri kelmoqda...
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!
Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!
“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi
Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!
Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?
Fikrlar