Fil Nevill Mourinoni himoya qila boshladi
"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Fil Nevill jamoaning ayni damdagi bosh murabbiyi Joze Mourino sha’niga bildirilayotgan turli xil xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Bu jirkanchlik. Yaqinda Mourinoning uslublari eskirgani haqida o‘qib qoldim. Bu unga nisbatan jiddiy hurmatsizlik. O‘tgan mavsum Mourino Manchester derbisida g‘alaba qozonganda qanday qilib odamlar bu haqda gapirishlari mumkin? Uning usullari eskirganmi? Menimcha uning erishgan yutuqlari kim ekanligini anglatib turibdi”, - deydi Nevill.

Fikrlar