Futbol akademiyalari dietologlari ishtirokida seminar o‘tkaziladi

  • 26 oktabr, 2018, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO
Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16 martdagi «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3610-sonli qaroriga asosan yurtimizda 14 ta Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari hamda 1 ta Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil qilingan edi. 

Ushbu akademiyalarda ta’lim olayotgan futbolchilarning sifatli ta’lim olishlari, ularga kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yosh futbolchilarning to‘g‘ri ovqatlanishi ular organizmining to‘g‘ri rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Buning uchun akademiyalarda maxsus dietolog lavozimi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ular bolalar uchun tayyorlanayotgan taomlarni nazorat qilib borishmoqda.

Akademiyalarda faoliyat olib borayotgan dietologlarning malakasini oshirish maqsadida 29-30 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida o‘quv-seminar kurslari tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda. Bu seminarni o‘tkazish uchun malakali dietolog Nuriddin Otaboev taklif etilgan. Ushbu seminarda respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha futbol akademiyalarining dietologlari ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!