
Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziev qozog‘istonlik raqibining dodini berdi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bellashuvlari oxirlab bormoqda.
Mazkur janglarning birida 81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bektemir Meliqo‘ziev Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati finalida to‘qnash kelgan qozog‘istonlik Erik Aljanov bilan kuch sinashdi. O‘shanda bokschimiz raqibini mag‘lub etib, qit’a chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan edi.
Bugungi bellashuvda qozoq bokschisi revansh olishga urinib ko‘rdi. Biroq Bektemir o‘zining o‘ta kuchli va chaqqon harakatlari bilan raqib boksichisiga og‘ir jarohatlar etkazdi. Buning oqibatida jang bir necha marta ma’lum vaqtga to‘xtatib turildi.
Yakunda esa hakamlar Meliqo‘zievning 3:2 hisobidagi g‘alabasini e’lon kilishdi va Bektemir yarim finalda!
Bizdan uzoqlashmang. Oldinda eng og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.
Fikrlar