
Gamburg-2017: Iqboljon Xoldorov ham kumush medalni qo‘lga kiritdi
Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida 7 kun davom etgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya etib kelayotgan IqboljonXoldorov finalda kubalik Endi Krus Gomes bilan bahs yuritdi.
Ushbu jangda kubalik bokschi o‘zining tajribasi evaziga yosh bokschimizni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, 20 yoshli bokschimiz o‘z faoliyatida ilk bor kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan biroz oldin 49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘smatov kubalik Yoxanis Argelagosdan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
52 kg vaznda janglarga kirishgan Jasurbek Latipov esa kumush medalini qo‘lga kiritgan edi
Bizdan uzoqlashmang, birozdan so‘ng Shahram G‘iyosov ham final bahsida ringga chiqadi.
Fikrlar