
Gamburg-2017: O‘zbek bokschilarining ringga chiqish vaqtlari ma’lum
Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kungi bellashuvlarida kurash olib boradigan bokschilarimizning ringga chiqish vaqtlari bilan tanishing.
Kunduzgi dasturda ringga chiqadigan bokschilarimiz janglarni Toshkent vaqti bilan 18:15dan boshlaydi.
49 kg:
18:15 Hasanboy Do‘stmatov (O‘zbekiston) —Amit (Hindiston)
64 kg:
19:15 Iqbol Xoldorov (O‘zbekiston)— Artem Xarutyunyan (Germaniya)
75 kg:
19:45 Isroil Madrimov (O‘zbekiston) — Troy Isley (AQSh)
91 kg:
20:15 Sanjar Tursunov (O‘zbekiston)— Roy Korving (Niderlandiya)
Shuningdek, kechki janglar dasturida besh nafar bokschimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.
52 kg:
22:15 Jasur Latipov (O‘zbekiston)— Avila Segura (Kolumbiya)
60 kg:
22:45 Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)— Otar Eranosyan (Gruziya)
69 kg:
23:00 Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston)— Pet Maksormak (Angliya)
81 kg:
23:30 Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston)— Erik Aljanov (Qozog‘iston)
+91 kg:
00:00 Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)— Kamishbek Kunkabaev (Qozog‘iston).
Agar musobaqadagi ba’zi janglarda nokaut qayd etilmasa yoki boshqa sababga ko‘ra to‘xtatilmasa, bokschilarimiz yuqorida Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan vaqtdi ringga chiqishlari rejalashtirilgan.
Fikrlar