Gamburg-2017: Qozog‘istonlik bokschi mag‘lub bo‘ldi. Biroq…

  • 29.08.2017 10:25
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaxshi bilasiz, ayni kunlarda Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Kecha birinchi davra o‘yinlarida 69 kg vazn toifasida ishtirok etgan qozog‘istonlik Ablayxan Jusupov italiyalik Vinchentso Majakaprega qarshi ringga chiqdi.

Uchinchi raund o‘rtalarida qozog‘istonlik bokschining yuzida yoriqlar paydo bo‘ldi va o‘yin to‘xtatilinib, italiyalik bokschiga g‘alaba yozildi.

Biroq birozdan so‘ng, Qozog‘iston tomoni bu qarorni qayta ko‘rib chiqishga erishdi. Keyin Jusupov qayta tekshiruvdan o‘tdi xamda jangni davom ettira olishi ma’lum bo‘ldi.

Biroq hakamlar jang to‘xtatilgan vaqtda Jusupov 4:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan bo‘lgani bois, g‘alabani aynan qozog‘istonlik bokschiga taqdim etishdi.

Agarda, Jusupov chorak finaldan ham muvaffaqiyatli o‘tsa, 69 kg vazn toifasida kurash olib borayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov bilan final uchun jang qilishi mumkin bo‘ladi.

Albatta, buning uchun har ikkala bokschi chorak finalda g‘alaba qozonishi lozim bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!