Gamburg-2017: Shahramga yutkazgan bokschisi jangdan so‘ng nimalar dedi?

  • 2 sentabr, 2017, 00:35
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Gamburgda davom etayotgan boks bo‘yicha  jahon chempionati ham  yakuniga etay deb qoldi. Bugun mazkur musobaqaning yarim final bahslariga yakun yasaldi.

Tecno

Ushbu turnirning 69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahram G‘iyosov ushbu bosqichda qozog‘istonlik Ablayxan Jusupovdan hakamlar xulosasiga ko‘ra, 4:1 hisobida ustun keldi.

Ushbu jangdan so‘ng, sports.kz sayti bokschisining jang haqidagi fikrlariga qiziqib ko‘rdi.

– Afsuski, g‘alaba qozona olmadim. Ushbu jangni qayta ko‘rib chiqib, uni tahlil qilib chiqishim lozim.

– Bu jang uchun qanday taktika qo‘llanildi?

– Oldingi qo‘lim bilan ko‘proq ishlash va harakat qilish. Ayrim vaziyatlarda o‘zim xato qildim. Balki, shu uchundir, mag‘lubiyatga uchradim.

– Ushbu jangga qanday kayfiyatda chiqqan edingiz?

– Yaxshi. Revansh olish uchun ringga chiqqan edim.

– Ikkinchi raundda siz raqibni ham qarshi oldingiz, ham yon tomondan zarba yo‘lladingiz…

– Zarba berishni istagan edim. Raqibga imkon bermoqchi emas edim. Biroq ozgina tezlik etishmadi”? – deb aytib o‘tdi qozog‘istonlik bokschi.

Foto: sports.kz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!