Gari Nevill Mourinoning tarafini oldi
"Manchester Yunayted" klubi sobiq sardori Gari Nevill jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Joze Mourino haqida gapirib, unga imkon berish kerakligini aytdi.
“Mourino hozir qiyin holatda. Lekin, uni charchagan deb o‘ylamayman. Esimda, 2003 yildan to 2009 yilgacha chempion bo‘la olmaganimizda ham muxlislar Aleks Fergyusonga nisbatan shunday munosabatda bo‘lishgan. Lekin, keyinchalik barchasi o‘zgardi.
Men ishonaman, Mourino ajoyib murabbiyi. Menga ishonmasliklaringiz mumkin, lekin, MYuning “Tottenxem”ga (0:3) qarshi o‘yini juda manzur keldi. Menimcha aynan shu o‘yin “Manchester Yunayted” uchun burulish nuqtasi bo‘ldi”, - deydi Nevill.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” APLning o‘tgan 4ta turidan so‘ng 2ta g‘alaba va 2ta durang qayd etgan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar