Getlining agenti IAAF prezidentidan norozi

BEPUL PROPAN

Engil atletika bo‘yicha amerikalik jahon chempioni Jastin Getlinning agenti Xalqaro engil atletika federatsiyalari prezidenti Sebastyan Kouning munosabatiga nisbatan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Kouning gaplaridan g‘azablandim. Men Jastinning doping qabul qilganini oqlamoqchi emasman, ammo u – doping bilan g‘alab qozongani yo‘q.

U o‘z jazosini o‘tab bo‘ldi va qoida bo‘yicha harakat qilmoqda, IAAF uni sportga qaytardi. Aytishicha, u yomon odam emish, bu nohaqlik. Bu na sport va na insoniylik qonunlariga to‘g‘ri keladi.

Kou IAAFning doping uchun jazolovchi, qoidalar yaratuvchi bir qismi hisoblanadi. Agar sportchi jazoni o‘tasa, u yana qaytadi. Agarda sizga nimadir yoqmaytgan bo‘lsa, marhamat qilib qoidalarni o‘zgartiring, – deydi sportchining agenti Neemiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!