
"Golden Boy - 2018" mukofoti uchun 5 ta nomzod e’lon qilindi
Joriy yil yakunlariga ko‘ra “Golden Boy-2018” mukofoti uchun 5 nafar da’vogar nomi e’lon qilinli.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu sovrin uchun Matteys de Ligt ("Ayaks"), Trent Aleksandr-Arnold ("Liverpul"), Jastin Klyuyvert ("Roma"), Vinisius Junior ("Real") va Patrik Kutronelar ("Milan") o‘zaro kurash olib borishadi.
Ma’lumot uchun, “Golden Boy” mukofoti 21 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi. Eslatib o‘tish lozimki, 2017 yil ushbu mukofot frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappega nasib etgan edi.
Fikrlar