Gollandiya va Belgiya chempionatlari birlashtirilishi mumkin

  • 20 oktabr, 2018, 13:46
  • 0
  • Futbol

Gollandiya qirolligi futbol ittifoqi (KNVB) hamda Belgiya qirolligi futbol assotsiatsiyalari (RBFA) ayni damda o‘z chempionatlarini birlashtirgan holda, yagona liga tashkil etish masalasini muhokama qilishmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ular kelajakda aynan shu yo‘l bilan Evropaning top-5 chempionatlariga raqobat qilishmoqchi.

Agar golland klublari bu borada o‘zaro bir qarorga kelishsa, yangi yildan boshlab Belgiya klublari bilan rasmiy muzokaralar boshlanishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Belgiya va Gollandiyadan tashqari shuningdek Shvetsiya, Daniya, Norvegiya hamda Shotlandiya mamlakatlari ham birgalikda chempionat tashkil etish rejasini ilgari surishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!