Golovkin: Yirik janglarga juda tashnaman
O‘rta vazn toifasining WBA (Super), WBC va IBF chempionlik kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin Deniel Jeykobs ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng raqibining muvaffaqiyatga erishi uchun hali imkoniyatlar ko‘p ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Qozog‘istonlik bokschining so‘zlariga ko‘ra, keyingi jang joriy yilning yoz faslida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
– Deniel ajoyib bokschi va unda muvafaqqiyatga erishishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Men og‘ir jang bo‘lishini bilgan edim. Uning tajrbasi oldingi raqiblarimnikidan farq qiladi.
– Keyingi jang qachon bo‘ladi?
– O‘ylaymanki, kelayotgan yozda.

– Raqibingiz kim bo‘ladi? WBO kamari sohibi Billi Jo Sondersmi?
– Faoliyatim davomida ikkita narsani xohlayman: Shou va kamarlarni! Men shunchaki, katta janglarni istamayman, men ularga tashnaman. Katta janglarni tashnaligimni ta’riflab bera olmayman. Har qanday chaqiruvni qabul qilishga tayyorman! – deydi Golovkin sports.kz nashriga.

Fikrlar