Goretska uchun 2017 yil yakuniga etdi(mi)?

  • 7 dekabr, 2017, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Shalke-04” klubi yarim himoyachisi Leon Goretska Bundesliganing birinchi davrasida boshqa maydonga tusholmasligi mumkin. Bu haqda gelzenkirxenliklar matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 22 yoshli germaniyalik futbolchining boldiridan olgan jarohati hali to‘liq tuzalmagan. Shu bois ham u o‘tgan turlarda “Borussiya” Dortmundga (4:4) va “Kyoln”ga (2:2) qarshi o‘yinlarda zahiradan maydonga tushirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Goretskaning “Shalke” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Uning jamoadagi kelajagi esa hozircha so‘roq ostida qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!