
Gshtaad. Istomin jahonning 18-raketkasiga qarshi kortga chiqdi va boshqa natijalar
Bugun O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveytsariyaning Gshtaad shahrida davom etayotgan turnirning chorak finalida jahonning 18-raketkasi Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 21 daqiqa davom etgan uchrashuvda Denis raqibiga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi yurishiga yakun yasadi.
Mazkur turnirdagi ishtiroki tufayli Denis 13 970 evroga ega chiqdi va 45 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Quyida chorak finalning boshqa bahslarida qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.
Robin Xaase (Gollandiya) – David Goffen (Belgiya) 7:5 6:1
Yannik Ganfmann (Germaniya) – Joao Souza (Portugaliya) 6:7 6:2 6:2
Fabio Fonini (Italiya) – Ernest Gulbis (Latviya) 6:3 4:6 6:3
Roberto Bautista-Agut (Ispaniya) – Denis Istomin (O‘zbekiston) 6:3 6:4.
Fikrlar