Gulnoza Matniyozova o‘tgan yilgi natijasini saqlab qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining  bugungi kungi bellashuvlarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanmoqda.

Musobaqaning ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan  -70 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda  ham g‘olib nomi aniqlandi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Gulnoza Matniyozova daniyalik Emili Suk bilan bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan bahsda  hamyurtimiz raqibini ippon bahosi  evaziga mag‘lub etib, terma jamoamizga oltin medalni taqdim etdi.

Qayd etish lozim, Matniyozova poytaxtimizda o‘tkazilgan o‘tgan yilgi Gran-pri bahslarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!