Gvardiola qaysi futbolchisini tarvuzga o‘xshatdi?

  • 2 fevral, 2017, 13:45
  • 0
  • Futbol

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kecha bo‘lib o‘tgan premer-liganing navbatdagi turida “Vest Xem”ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng jamoasiga yangi kelib qo‘shilgan Gabriel Jezus haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Gabriel Jesus? Hech kim nima bo‘lishini avvaldan bilmaydi. U huddi tarvuzga o‘xshaydi. Chunki aynan tarvuzni yorib ko‘rmaguningcha ichi qanday ekanligini bilmaysan.

Gabrielning kelajagi porloq. U yosh va iqtidorli. Uning niyati zo‘r futbolchi bo‘lishdir”, - deydi ispaniyalik mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, kechagi o‘yindagi gollarning biriga aynan Gabriel Jesus mualliflik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!