
Gvardiolaga futbolchi etishmayapti
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasida “Byornli”ga qarshi kechgan bahsda nima sababdan zahiraga 6 ta nafar futbolchini kiritganligi ma’lum qildi.
“Futbolchilar jarohatlanishgan. Bizda boshqa futbolchilar yo‘q”, – deb aytib o‘tdi Gvardiola.
Qayd etish joiz, zahira o‘rindig‘ida aslida 7 nafar futbolchi o‘tirishi lozim.
Ma’lumot uchun, “shaharliklar” safida Leroy Sane, Gabriel Jezus, David Silva, Fabian Delf, Filip Foden, Djon Stounz i Benjamen Mend kabi futbolchilar jarohat olishgan.
Fikrlar