
Gyundogan: Biz EChLni qo‘lga kirita olamiz
"Men EChLda "Manchester Siti" bilan g‘olib chiqishni va Germaniya termasida zafar quchishni istayman. O‘tgan mavsum jamoamiz Evropa miqyosdagi katta turnirlarda ham muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega ekanligini namoyish etdi.
Vaziyat o‘zgarmadi, biz hamon EChLda g‘alabaga erishish orzusidamiz. Meni fikrimcha, "shaharliklar"ning o‘yinlari tomoshabop ko‘rinmoqda va xalqaro maydonda zafar quchish uchun katta potentsialga egamiz", - dedi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum "Manchester Siti" EChLdagi yurishini chorak finalda yakunlagan edi.
Fikrlar