
Hakamlar Yodgoroy Mirzaevaning bahsini halol boshqarishmadi
Osiyo o‘yinlari dasturining boks bo‘yicha birinchi kun bahslari doirasida hamyurtimiz Yodgoroy Mirzaeva (-57 kg) ilk jangini o‘tkazdi. Qur’aga ko‘ra, dastlabki bosqichda vakilamizga Xitoy Taipeyi vakilasi raqiblik qildi.
Jangning birinchi raundida yurtdoshimiz haqiqatda ochkolar borasida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa ham qolgan ikki raundda yaqqol ustunlik qilgan edi. Biroq referi keraksiz vaziyatlarda ham jangni to‘xtatib, uchinchi raundda hatto Mirzaevadan bir ball olib tashlanishini ko‘rsatdi. Shu tariqa bahs yakunida Xsioven Xuangning qo‘li baland ko‘tarildi.
Fikrlar