Hasanboy Do‘smatov final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha "Qirol kubogi-2017" xalqaro turniri hal qiluvchi pallaga kirdi.
Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining barcha – etti nafar bokschisi final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan bellashuvlarda ringa chiqadi.
Turnirning eng mashhur bokschisi Hasanboy Do‘smatov finalga chiqish uchun Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakili Kim Yun Song bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Yana bir Olimpiya chempioni Shahobiddin Zoirov tailandlik Chatchay Butdega qarshi jang qiladi.
Hasanboy Do‘smatovning Tailanddagi jangi (video)
Hasanboyning raqibi zarbalarga dosh berolmadi (video)
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliev ham mezbon bokschi – Somchay Vongsuvanga ro‘baro‘ bo‘ladi. Iste’dodli bokschimiz Elnur Abduraimovdan finalga chiqish uchun hindistonlik Roxit Tokas qarshiligini sindirish talab etiladi.
O‘ta tezkor bokschilarimiz - Isroil Madrimov va Shahram G‘iyosov mos ravishda tailandlik Tirapong Dee va qatarlik Txarimalungan Txulasiga qarshi jangda ringga ko‘tariladi.
Bugun Hasanboy Do‘smatov jang qiladi
Isroilning raqibi jigardan "edi" (video)
Jasurbek Latipov turnirdagi uchinchi uchrashuvini tailandlik Tanes Ongjuntaga qarshi o‘tkazadi.
Musobaqaga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib boring!

Fikrlar