Haydarov jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi

  • 22 yanvar, 2018, 00:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakshanba oqshomida BAA Pro ligasida 13-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Aziz Haydarov faoliyat olib boradigan “Ajman” klubi “Al-Axli”ga qarshi safarda bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda mehmonlar 2:1 hisobidagi  g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Haydarovning uzatmasidan so‘ng, Maiga gol kiritib, uchrashuvda hisobni ochdi.

40-daqiqada kelib Muhammad Xilol Xalifa to‘p kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirdi.

Faqatgina 80-daqiqaga kelibgina mezbonlar hisobni tenglashtirishga erishdilar – 1:2. Hamyurtimiz esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda zahiraga olindi. U bunga qadar hakam tomonidan ogohlantirilgan edi.

BAA Pro Ligasi. 13-tur

“Al-Axli” – “Ajman” 1:2

Gollar: Ismoil Al Xammadi (80) – Maiga (14), Muhammad Xilol Xalifa (40).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!