Hech kim sezmay qoldi yoxud "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi arafasida komissar nega o‘zgardi?

  • 01.08.2018 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor yana bir necha daqiqalardan so‘ng Superliganing 20-turidan o‘rin olgan markaziy bahs – “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” jamoalari uchrashuvi boshlanadi.

Biroq, o‘yin boshlanishi arafasida qiziq holat yuz berdi. Aniqrog‘i, PFL rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda ushbu o‘yinga komissar sifatida Ma’mur Saidqosimov tayinlangan edi. Biroq, o‘yin boshlanishiga bir necha daqiqa qolganida bu borada o‘zgarish yuz berdi. “Paxtakor” klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda bugungi o‘yinda Baxodir Mirzaev komissar sifatida ishlashi ma’lum qilindi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: nega?

PFL rasmiy saytida:

21:00   Paxtakor — Lokomotiv

Hakamlar: Alirizo Fag‘oni, Muhammadrizo Mansuri, Rizo Suhandon, Jasur Muxtorov.

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Ma’mur Saidqosimov

“Paxtakor” matbuot xizmati tarqatgan xabarda:

Hakamlar: Alirizo Fag‘oniy, Rizo Suxandon, Muhammadrizo Mansuriy (Eron), J.Muxtorov.

Nazoratchi: A.Popov.

Komissar: B.Mirzaev.

Bu holat nima bilan bog‘liq va nega aynan o‘yin boshlanishi arafasida bunday o‘zgarishga qo‘l urulgani hozircha ma’lum emas. Ammo, PFLning bu borada ish olib boradigan xodimlari ushbu holatga aniqlik kiritishlarini kutib qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dmitrij Popow
01/08/2018 20:46
По не подтверждённым официально данным, М. Саидкасымов отстранён от своей должности начальника Департамента судейства и инспектирования. То есть отстранён от работы в АФУ. А комиссаром могут быть только сотрудники АФУ.
Это не точно, а одно из предположений.