Iguain "Yuventus"ga qarshi bahsda maydonga tusha oladi

  • 5 noyabr, 2018, 17:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi hujumchisi Gonsalo Iguain katta ehtimol bilan Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi Italiya chempionati 12-tur bahsida maydonga tushadi.

Tecno

Tibbiy tekshiruvlarga ko‘ra, futbolchining jarohati deyarli sog‘ayib bo‘lgan va "keksa sinora"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladi, biroq Evropa Ligasida "Betis" bilan bo‘ladigan o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. Bu bahs 8 noyabr kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Iguainning transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli. U "Milan"da ijara asosida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!