Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun sport bayrami o‘tkazildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘risida”gi PQ-2821-sonli Qarorlarida va 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5006-sonli farmoyishlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Respublikada imkoniyatlari cheklangan insonlarni sportga jalb qilish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport va jismoniy tarbiya orqali imkoniyatlari cheklangan bolalarni jamiyatga integratsiyalash va hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va kollej tarbiyalanuvchilari o‘rtasida joriy yilning 3 aprel kuni “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan stol tennisi, shashka va mini-futbol musobaqalarini o‘tkazdi.

Ushbu musobaqalarda 80dan ortiq bolalar ishtirok etdilar. Barcha musobaqa ishtirokchilariga O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musobaqada elimiz suygan san’atkorlar o‘zlarining chiqishlari va bolalarga bildirgan tilaklari bilan barchani hushnud qildilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!