“Inter” Antoni Marsyalga qiziqish bildirmoqda
Milanning “Inter” jamoasi hujum chizig‘ini “MYu” hujumchisi Antoni Marsyal yoki PSV vakili Irvin Losano bilan kuchaytirmoqchi, deya xabar bermoqda Calciomercato.
Frantsiyalik futbolchi mankunianlar safida anchadan buyon asosiy tarkibda maydonga tushmayapti. Joze Mourino kelgach Marsyalning “MYu”dagi faoliyatida pasayish kuzatildi.
O‘tgan mavsumda Antoni APLning 30 o‘yinida (18 – asosiy tarkibda) maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli pasga mualliflik qildi. Joriy mavsumda u atigi bir o‘yinda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Antoni Marsyalning mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan. “MYu” qishki transferda frantsiyalik futbolchi bilan xayrlashishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar