"Inter" Ikardiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 18.07.2018 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoa to‘purari Mauro Ikardini tarkibda saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 25 yoshli argentinalik forvardga yiliga 6 million evro maoshli yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Bundan tashqari “Inter” futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 110 mln evrolik tovon pulini ham olib tashlaydi.

Ma’lumot uchun, Ikardi o‘tgan mavsum milanliklar safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 29ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardiga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!