"Inter" Shkrinyarni qanchaga sotishini ma’lum qildi
Milanning “Inter” klubi himoyachi Milan Shkrinyarning transfer narxini e’lon qildi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “neradzurrilar” 23 yoshli slovakiyalik futbolchisini 80 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Qayd etish lozimki, unga ayni damda “Bavariya” va “Barselona” kabi grand klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Shkrinyar joriy mavsum “Inter” safid jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar