Islom To‘xtaxo‘jaev: Osiyo futbolida legionerlar ko‘p narsani hal etishadi

  • 3 mart, 2019, 12:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda "Lokomotiv"  himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jaev ishtirok etib. bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz. O‘tgan mavsum o‘zaro o‘yinda qaysidir bir jihatdan bizga omad ham kulib boqqan edi.

O‘rtoqlik o‘yinidan ko‘ra rasmiy o‘yinning foydali jihatlari ko‘p. Superkubokdagi o‘yin ham foydadan xoli bo‘lmadi.  O‘zbek jamoalari OChLda yarim finaldan nariga o‘ta olmagan. Bu yil tarixni yangilash nasib qilsin.

Osiyo futbolida legionerlar ko‘p narsani hal qiladi. Bizda esa legionerlar o‘zimizning Superligada o‘ynab yurgan legionerlar. OChLdagi jamoalarning kuchlari deyarli teng, ammo ko‘p narsani xorijlik futbolchilar hal qilishadi.

Jamoamizni 5-6 ta etakchi futbolchi tark etdi. Ular bilan ko‘zni yumib ham o‘ynay oladigan darajaga etgan edik. Umid qilamanki, yangi jamoadoshlar bilan ham tezda chiqishib ketamiz", - dedi To‘xtaxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!