
Ispaniya Kubogi. "Barselona" quyi divizion jamoasi bilan durang o‘ynab barchani xayron qoldirdi
Ispaniya Kubogi 1/16 finalida "Barselona" biroz kutilmagan natija qayd etdi.
Kataloniyaliklar quyi divizion vakili "Erkules" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Maynts hisobni ochgan bo‘lsa, Alenya 58-daqiqada hisobn tenglashtirdi.
Javob o‘yini "Barselona"ga tegishli "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Erkules – Barselona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 52 Maynts, 1:1 – 58 Alenya.
Erkules – Riko, Roxas, Dalmau, Penya, Ingles, Xose Gaspar (Chechu, 71), Fernando, Espinosa, Omgba, Maynts (Berrokal, 79), Salinas (Minyano, 71).
Barselona – Sillessen, Borxa Lopes, Din, Umtiti (Nili, 69), Aleish Vidal, Alenya (Kardona, 76), Suares, Karbonel (Andre Gomesh, 69), Rafinya, Turan, Pako Alkaser.
Ogohlantirish: Penya (90).
Fikrlar