Istomin Frantsiyada germaniyalik tennischini mag‘lub etdi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Frantsiyaning Metts shahrida ATP turkumidan o‘rin olgan turnir davom etmoqda.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun mukofot jamg‘armasi 482 060 evroni tashkil etuvchi musobaqaning ikkinchi davra o‘yinlarida germaniyalik Yannik Madenga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 29 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Denis 6:3, 6:7, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi hamyurtimiz chorak finalda gruziyalik Nikoloz Basilashviliga qarshi bahs yuritadi. Jahonning 64-raketkasiga qarshi o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 22.20 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar