Istomin bugun qozog‘istonlik tennischini sinovdan o‘tkazadi

  • 10 oktabr, 2018, 09:10
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda Toshkentda "Challenger" turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ham mazkur turnirda ishtirok etmoqda.

Hamyurtimiz kecha dastlabki davrada italiyalik Federiko Gayo bilan kuch sinashib, 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.

Bugun esa Istomin o‘zining ikkinchi davradagi o‘yinini qozog‘istonlik Aleksandr Bublikka qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv tahminan tushga yaqin vaqtda start oladi.

Natijalarni birinchilar qatorida saytimiz orqali kuzatib borish imkoniga egasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!