
Italiya chempionatining qimmatbaho murabbiylari
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri ayni damda A Seriyada eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra yiliga 7,5 million evro maosh oladigan “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri ushbu ro‘yxatning eng yuqorisidan joy olgan.
Undan keyingi o‘rinlarni esa “Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti (6,5 mln) va “Inter” bosh murabbiyi Luchano Spallettilar (4,5 mln) egallab turishibdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Italiya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari nomi e’lon qilingan edi.
Fikrlar