Italiyalik yosh iqtidor egasi APL grandlarini qiziqtirib qo‘ydi
Italiyaning "Kalyari" klubi xavbeki Nikolo Barella faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. “Kanonirlar” uni yozda “Yuventus”ga ko‘chib o‘tadigan Aaron Remzining o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar davrida "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Barellani sotib olishga urunib ko‘rishgan edi.
Ma’lumot uchun, Barella joriy mavsum “Kalyari” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar