
JCh–2018 saralashi. Frantsiyada g‘alaba, Gollandiya kutilmaganda yutqazdi
Evropa mintaqasi – UEFAdan JCh–2018 musobaqasiga saralash bosqichi 5-turida Frantsiya terma jamoasi safarda Lyuksemburg mehmoni bo‘ldi.
Olive Jiruning dubli va Antuan Grizmanning goli Frantsiyaga qimmatli g‘alabani keltirdi.
Shvetsiya o‘z maydonida Belarus darvozasiga 4 ta javobsiz gol urdi. Gollandiya esa kutilmaganda Bolgariyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Lyuksemburg – Frantsiya 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 28 Jiru, 1:1 – 34, penalti Joakim, 1:2 – 37, penalti Grizmann, 1:3 – 77 Jiru.
Lyuksemburg – Moris (Shon, 21), Much (Bonert, 62), Shano, Malje, Martinsh Pereyra, Yans, Jerson, Filipps, Bensi, Da Mota (Rodriges, 81), Joakim.
Frantsiya – Loris, Koselni, Mendi, Sidibe (Jalle, 62), Umtiti, Kante, Matyuidi (Rabo, 83), Payet (Mbappe, 78), Grizmann, Jiru, Dembele.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (32), Da Mota (36), Joakim (43), Filipps (45).
Bolgariya – Gollandiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 5 Delev, 2:0 – 20 Delev.
Bolgariya – Mixaylov, Chorbadjiyski, Popov, Bojikov, Manolev, Slavchev, Popov (Kraev, 68), Tonev, Kostadinov, Zanev (Nedyalkov, 86), Delev (Bodurov, 89).
Gollandiya – Zut, Blind, Martins Indi, Karsdorp, de Ligt (Xudt, 46), Veynaldum (Sneyder, 46), Klassen, Robben, Strotman, Promes (de Yong, 69), Dost.
Shvetsiya – Belarus 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 19, penalti Forsberg, 2:0 – 49 Forsberg, 3:0 – 57 Berg, 4:0 – 77 Telin.
Shvetsiya – Olsen, Yansson, Lyustig, Grankvist, Augustinsson, Xilemark, Durmaz (Klasson, 85), Ekdal (Yuxansson, 69), Forsberg, Toyvonen (Telin, 74), Berg.
Belarus – Gorbunov, Bordachev (Volodko, 69), Martinovich, Shitov, Politevich, Maevskiy (Dragun, 66), Bressan, Rios, Filipenko, Signevich (Rodionov, 71), Gordeychuk.
Ogohlantirish: Martinovich (25).
Fikrlar