JCh-2018da qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan darvozabonlar soni 9 taga etdi

  • 7 iyul, 2018, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Rossiya yashil maydonlarida davom etayotgan mundial bahslarida o‘ta qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan va buning ortidan o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan posbonlar soni 9 taga etdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, kecha bo‘lib o‘tgan Urugvay – Frantsiya (0:2) bahsida janubiy amerikaliklar posboni Grizmanning uzoqdan yo‘llagan zarbasini qaytarishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

Eslatib o‘tish lozimki, Musleradan avval JCh-2018da hozircha Voytsex Щesni (Polsha), Manuel Noyer (Germaniya), Villi Kabalero, Franko Armani (ikkalasi - Argentina), Daniel Subashich (Xorvatiya), Muhammad Al-Ovays (Saudiya Arabistoni), David De Xea (Ispaniya) va Eydzi Kavashima (Yaponiya) kabi darvozabonlar ham mana shunday xatolarga yo‘l qo‘yib, gol o‘tkazib yuborishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!