JCh–2018 ga chiqqan yana bir jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

  • 2 sentabr, 2017, 09:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

KONKAKAF mintaqasida JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 7-turida Meksika terma jamoasi Panamaga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning 51-daqiqasida meksikaliklar tarkibida Xirving Lozano zaxiradan maydonga tushdi. 2 daqiqadan keyin u gol urdi va aynan mana shu gol Meksikaga g‘alaba va JCh yo‘llanmasini keltirdi.

Meksika terma jamoasi guruhdagi qolgan 3 o‘yinda mag‘lub bo‘lsa ham, JCh–2018 yo‘llanmasini beruvchi o‘rinni saqlab qoladi.

7-turda AQSh termasi Kosta-Rikaga 0:2 hisobida engildi. Gonduras esa Trinidad va Tabagoni 2:1 hisobida taslim qildi. 

Ma’lumot uchun, JCh-2018 yo‘llanmasiga mezbon Rossiyadan tashqari Braziliya, Eron va Yaponiya ega bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!