Jahon chempioni Nursulton Ro‘ziboev yoxud WEF Global 9 turnirida o‘zbek sportchilarining natijalari bilan tanishing

Xabaringiz bor, kecha Bishkek shahrida WEF Global 9 turniri doirasida 18 ta jang o‘tkazildi.

Mazkur qarama-qarshiliklarda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Koreyadan tashrif buyurgan janglar o‘zaro bellashishdi.

Bunda sportchilar reyting janglari bilan birgalik chempionlik taqnashuvlari ham o‘tkazildi.

Chempionlik janglaridan birida eng engil vazn toifasida qirg‘izistonlik Airet Bekishev (7-0-0) qozog‘istonlik Rustam Saydulaevni (6-2-0) ikkinchi raundda mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.

Hamyurtimiz ishtirokidagi chempionlik jangida Nursultan Ro‘ziboev (14-3-0) Almanbet Nuralievni (5-1-0) birinchi raundning uchinchi daqiqasida mag‘lub etdi va jahon chempioniga aylandi.

Yana bir chempionlik jangida qirg‘izistonlik Aziz Satiboldiev qozog‘istonlik Kenjebek Dauletni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi va engil vaznda tengsiz deb topildi.

O‘zbek jangchilari orasida 66 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shohjaxon Abdulhamidov qiziqarli va murosasiz bellashuvda ochkolar bo‘yicha mezbonlar vakili Kilich Sadridinovga imkoniyatni boy berdi.

77 kg vaznda hamyurtimiz Shaxzod Sobirov qirg‘izistonlik Manas Temirbekovni birinchi raundning ikkinchi daqiqasida taslim qildi.

Shuningdek, Nursultan Irisbay uulu (Qirg‘iziston) hamda o‘zbekistonlik Sherzod G‘aniev (77 kg) o‘rtasidagi jangda g‘olib nomi aniqlanmadi va durang qayd etildi.

Og‘ir vazn toifasida (93 kg) ishtirok etgan o‘zbekistonlik Murod Xonto‘raev Qozog‘iston vakili Aslanbek Xasikov qarshi jang qilib, muddatidan oldin g‘alabaga erishdi. Hamyurtimizga bu natijani qayd etish uchun atigi 45 soniya kifoya qildi, xolos.

Qadrli o‘quvchilar! Bugun ushbu janglar shousi Toshkentda davom etadi. “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilayotgan Asian Fight-2017” musobaqasida yana 8 nafar jangchimiz ringga chiqadi. O‘zbek sporti tarixidagi eng shov-shuvli voqealarni o‘tkazib yubormang va ularni qo‘llab-quvvatlang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!