Jahon chempionati bokschilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda
Vengriyaning Budapesht shahrida "AIBA" tomonidan Duna arenasida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning 56 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov mo‘g‘ilistonlik Teshkarqal Enkturni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, 69 kg vazn toifasida Jahongir Rahmonov indoneziyalik Mishel Muskitaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
| 69kg | Jahongir Rahmonov | UZB | Michael Muskita | INA | 5:0 |
| 81kg | Temur Merzhanov | UZB | Oronzo Birardi | GER | 4:1 |

Fikrlar